Fidoyi oʻqituvchi va ustozlarimiz hamisha eʼzozda

Mamlakatimizda karantin qoidalari hamda talablarini qatʼiyan saqlagan holda xalq taʼlimi sohasi xodimlari ӱzlarining kasb bayramini munosib kutib olishmoqda. Chunki butun hayotini yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlagan, har birimizga hayot sabogʻini bergan fidoyi oʻqituvchi va ustozlarimiz hamisha eʼzozlanib kelinadi.
– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sӱnggi yillarda Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari boʻyicha umumtaʼlim maktablari bilan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida keng kӱlamda qurilish-rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi Chimboy tumani xalq taʼlimi bӱlimi mudiri Elmira Mambetkarimova. – Jumladan, Investitsiya dasturi bӱyicha tumandagi “Toqyob” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 7-umumtaʼlim va “Qamishariq” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 3-umumtaʼlim maktablarida hamda “Kӱkcha qalʼa” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 42- va 48- umumtaʼlim maktablarida qӱshimcha ӱquv binosi bitkazilib, “Baxtli” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 19-umumtaʼlim maktabida 3 milliard 139,7 million sӱmlik kapital taʼmirlash ishlari olib borildi.
Tuman xalq taʼlimi bӱlimiga qarashli 48 ta umumtaʼlim maktabi va 1 ta maktabdan tashqari taʼlim muassasasi bӱlib, ularda 3 ming 172 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ushbu maktablarda 20 ming 48 nafar ӱquvchi taʼlim olayotgan bӱlsa, “Barkamal avlod” bolalar markazida 11 ta tӱgarakda 360 nafar ӱquvchi shugʻullanadi.
Taʼlim muassasalarini oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan tӱldirish, ӱrta maxsus maʼlumotga ega xodimlar bilimini oshirish maqsadida 48 nafar ӱqituvchi oliy ӱquv yurtlarini tamomlamoqda. Ming nafardan ziyod ӱqituvchi attestatsiya yakuni bӱyicha ӱzlarining malaka toifalarini oshirishga muvaffaq bӱldi.
Kelajak avlodni tarbiyalashdek vazifani masʼuliyat bilan ado etib kelayotgan ustoz, ӱqituvchilar mehnati hukumatimiz tomonidan munosib ragʻbatlantirilib kelinmoqda. Tumandagi 14-umumtaʼlim maktabining kimyo va biologiya fani ӱqituvchisi Gulparshin Ramanova 2019-yilda davlatimiz rahbari farmoniga kӱra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan bӱlsa, 5-umumtaʼlim maktabi direktori Tamara Palvaniyozovaga “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat kӱrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni berildi. Bir qator ӱqituvchilar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” kӱkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ӱtgan oʻquv yilida 21 nafar ӱqituvchining ish tajribasi tumanda, 62 nafariniki esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida ommalashtirildi.
Mana shunday ӱqituvchilardan taʼlim olgan ӱquvchilar xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, sovrinli ӱrinlarni egallamoqda. Jumladan, 5-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Damir Dilmuratov 2019-yilda Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika fani musobaqasida mamlakatimiz terma jamoasi safida bronza medalini qoʻlga kiritdi va “Umid uchquni” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, ELPC tomonidan tashkil etilgan SEAMO hamda joriy yilda AMC (American Matematics Competition) xalqaro olimpiadalarida tumandan 9 nafar ӱquvchi sovrinli ӱrinlarni egalladi. Bundan tashqari, kӱplab ӱquvchilar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ӱtkazilgan onlayn tanlovlarda gʻoliblikni qӱlga kiritdi.
Bugungi pandemiya sharoitida maktablar oʻz faoliyatini ota-onalar ӱrtasida ӱtkazilgan sӱrovnoma va ular tomonidan bildirilgan fikr-tavsiyalar asosida boshladi. Ushbu asosda 48 ta umumtaʼlim maktabidan 44 tasida karantin qoidalari qatʼiyan saqlangan holda ӱquv jarayoni olib borilmoqda. Qolgan maktablarni ham yaqin orada ochish rejalashtirilgan.
Har qanday sharoitda ham, davlatimiz rahbarining bayram tabrigida qayd etilganidek, bugungi kun oʻqituvchisi universal mutaxassis, ham oʻrgatuvchi, ham oʻrganuvchi boʻlishi, yaʼni oʻz ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. Zero, bizning barcha saʼy-harakatlarimiz “Oʻzbekistonda eng obroʻli inson muallim boʻlishi kerak” degan gʻoyani amalga oshirishga qaratilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA