Bugun BMT Xavfsizlik kengashida Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ziddiyat muhokama qilinadi

Bugun, seshanba kuni Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ziddiyat BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinadi, deyiladi “TASS” manbasi tarqatgan maʼlumotda.

Tashkilotdan maʼlum qilishlaricha, chaqirilgan favqulodda yigʻilish yopiq formatdagi maslahatlashuvlar asnosida oʻtkaziladi.

Xavfsizlik kengashining 15 mamlakati diplomatlari ziddiyatdagi tomonlarning ishtirokisiz Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatni va uni xalqaro miqyosda barqarorlashtirishni muhokama qiladi.

Taʼkidlanishicha, yigʻilish Yevropaning bir necha davlati tashabbusi bilan tashkillashtirilmoqda.

 

O’zA