“BELAGRO-2020” koʻrgazmasida insoniyat uchun yangilik – goʻshtli muzqaymoq namoyish etiladi

Belarus milliy fanlar akademiyasi “BELAGRO-2020” koʻrgazmasida 240 ga yaqin yangi ishlanmalarini namoyish etadi, ularning ichida goʻshtli muzqaymoq ham bor, deyiladi “INTERFAX.RU” xabarida.

Akademiya matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, “Ice meat” goʻshtli muzqaymoq yengil tanovul uchun tengsiz boʻlishi kutilmoqda.Olimlar tarkibida goʻsht boʻlgan bu mahsulot, ayniqsa, bolalar uchun foydali boʻlishiga ishonch bildirgan.

“Yangi ishlanmalar ichida 3D texnologiyasidan foydalanilgan holda ishlab chiqariluvchi qandolat mahsulotlari va yarimfabrikatlar ham bor. Ular oqsilga boyligi va zamonaviy tarzda taqdim etilishi bilan eʼtiborni tortadi”, deyiladi maʼlumotda.

 

O’zA