Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti “Rosatom“ davlat korporatsiyasi yubiley medali bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yuldashev Rossiya yadro sanoatining 75 yilligi munosabati bilan atom energiyasidan foydalanish sohasiga qoʻshgan hissasi va erishgan yutuqlari uchun “Rosatom“ davlat korporatsiyasi yubiley medali bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, Rossiya yadro sanoatining 75 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan Korporatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakili Aleksey Say topshirdi.
Ushbu mukofot bilan yadro sanoatini rivojlantirish, yadroviy va radiatsion xavfsizlikni taʼminlash, atom fanlari va texnologiyalarini rivojlantirish, samarali atom energiyasini ishlab chiqarish, atom energiyasidan foydalanish boʻyicha xalqaro hamkorlik va yadro sanoati uchun kadrlar tayyorlashga muhim hissa qoʻshgan “Rosatom“ davlat korporatsiyasi xodimlari va boshqa shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari ham mukofotlanishi mumkin.

 

OʻzA