Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali ishtirok etdi.
Hukumat rahbarlari va mamlakat Senati raisi korxona faoliyati bilan tanishdi.
Ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan Dushanbe shahrida 60 million dollar evaziga barpo etilgan mazkur “Artel Avesto Electronics” oʻzbek-tojik qoʻshma korxonasi zamonaviy elektr texnika ishlab chiqarishga moʻljallangan.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxona eng soʻnggi xalqaro standartlarga javob beradi.
Korxonada dastlab maishiy changyutgich va suv isitgichlar ishlab chiqariladi, kelgusida televizor va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi.
Mazkur korxonaning ishga tushirilishi Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni yana-da yuksaltirish borasida olib borilayotgan say-harakatlarning amaldagi ifodasi ekani shubhasiz.
OʻzA