Dushanbe shahrida Oʻzbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sirojiddin Muhriddin ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli toʻgʻrisida siyosiy maslahatlashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, suv-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik hamda BMT, YEXHT, SHHT, MDH, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi kabi tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yana-da faollashtirish masalasi muhokama qilindi.Davlat rahbarlarining qatʼiy siyosiy irodasi va qoʻllab-quvvatlashi natijasida Oʻzbekiston — Tojikiston munosabatlari soʻnggi yillarda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarilgani va bu borada barqaror oʻsish surʼati kuzatilgani qayd etildi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi misli koʻrilmagan darajada ortib boryapti. 2019-yil yakunlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 500 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bogʻliq cheklov choralariga qaramay, joriy yil yanvar — iyul oylarida oʻzaro tovar ayriboshlash hajmi 7,5 foiz oʻsib, 255,4 million dollarni tashkil etgani taʼkidlandi.
Vazirlar pandemiya sharoitida koʻrsatilayotgan oʻzaro koʻmak Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaqin hamkorlik munosabatlaridan guvohlik berishini eʼtirof etdilar.
Muzokara davomida Qirgʻizistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Uchinchi Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlikning borishi toʻgʻrisida ham fikr almashildi.
OʻzA