Kadastr agentligi ishga taklif etadi!

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi PQ–4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga asosan Agentlik tizimidagi lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov Kadastr agentligi tizimidagi quyidagi tashkilotlarga ishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladi:

Kadastr agentligi markaziy apparatiga (oʻrtacha ish haqi –

5,0 mln soʻmdan 7,0 mln soʻmgacha);

Kadastr agentligining 14 ta hududiy boshqarmalariga (oʻrtacha ish haqi – 4,0 mln soʻmdan 5,0 mln soʻmgacha);

Kadastr agentligining 203 ta tuman va shahar boʻlimlariga (oʻrtacha ish haqi – 3,0 mln soʻmdan 4,0 mln soʻmgacha);

Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparatiga (oʻrtacha ish haqi – 5,0 mln soʻmdan 6,0 mln soʻmgacha);

Davlat kadastrlari palatasining 14 ta hududiy boshqarmalariga (oʻrtacha ish haqi – 4,0 mln soʻmdan 5,0 mln soʻmgacha);

Davlat kadastrlari palatasining 203 ta tuman va shahar filiallariga (oʻrtacha ish haqi – 3,0 mln soʻmdan 4,0 mln soʻmgacha);

Respublika aerogeodeziya markaziga (oʻrtacha ish haqi –

3,0 mln soʻmdan 6,0 mln soʻmgacha).

Ushbu tashkilotlarning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va tuzilmasi haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: https://lex.uz/docs/4985355 (PQ-4819-son qaror) va https://lex.uz/docs/4985026 (PF-6061-son Farmon).

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Ariza (ygk.uz saytida belgilangan shaklda);

2. Pasport nusxasi;

3. Maʼlumotnoma-obyektivka;

4. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi.

Ariza va boshqa hujjatlar .pdf formatda quyidagilar orqali yuborilishi mumkin:

Elektron pochta: 1102@ygk.uz

Telefon: 71-202-55-81; 71-202-55-65

pochta orqali – Toshkent, 100097, Chilonzor S, Choʻponota koʻchasi.

Tanlov oʻtkazish muddatlari va shartlari toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot beriladi.

Kadastr organlarining amaldagi xodimlari oʻzlari egallagan yoki unga teng lavozimda ishni davom ettirish uchun tanlovda ishtirok etishlari talab etilmaydi, ushbu masala tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

O’zA