“Oʻzbekkino” Milliy agentligi hamda “Hujjatli va xronikal filmlar” DUK tomonidan 25 qismdan iborat “Mahalladoshlar” nomli serial yaratiladi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligidan maʼlum qilishlaricha, mazkur serialda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi bilan bogʻliq Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan oʻzbek mahallalari hamda oila va xotin-qizlar masalalari yoritiladi.

Hozirda serialning rejissyorlik ssenariysi ustida ish olib borilib, aktyorlarni saralash jarayoni ketmoqda. Serialning tugallanish muddati 2021-yilning birinchi qismida moʻljallangan.
O’zA