Professional bokschilarimiz oʻrtasida eng yoshi kattasi boʻlgan Sherzod Husanov oʻzining navbatdagi gʻalabasini Polshada nishonladi.
U oʻzining navbatdagi jangida polshalik Robert Parjejevskiyga qarshi ringga koʻtarildi. Keskin va murosasiz oʻtgan bellashuvda tajribali bokschimiz raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib, faoliyatidagi 22- gʻalabasiga erishdi.
Sherzod Husanov havaskor bokschilar oʻrtasida oʻtgan Osiyo va jahon chempionatida bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlgan boʻlsa, Osiyo oʻyinlarida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan. Shuningdek, mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
O’zA