Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishning gʻayrioddiy usuli fosh etildi

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra respublikamizga xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar 65 gr.gacha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlari yashirincha olib kirilishining gʻayrioddiy usuli fosh etildi.Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 168 mln. 525 ming soʻmni tashkil qilmoqda.Shuningdek, Navoiy xalqaro aeroporti bojxonachilari va viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari kuryerlik joʻnatmalari orqali yirik miqdordagi zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga boʻlgan urinishning oldini olishdi.Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 97 ta bojxona qonunbuzilish holatlarida qiymati 2.3 mlrd. soʻmlik 36,7 kg ogʻirlikdagi zargarlik buyumlarining noqonuniy ravishda olib oʻtilishining oldi olingan.

 

OʻzA