Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oq uyga xalqaro axborot xavfsizligiga doir kompleks chora-tadbirlar boʻyicha rossiya-amerika hamkorligini tiklashni taklif qildi.
“REGNUM” xabarida aytilishicha, davlat rahbarining mazkur bayonoti Kremlning rasmiy saytida eʼlon qilindi.
“Shu munosabat bilan biz AQSHga mazkur sohadagi hamkorlik boʻyicha keng qamrovli dasturni maʼqullashni taklif qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Buning uchun axborot maydonida sodir boʻluvchi koʻngilsizliklarni bartaraf etish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqilishi va imzolanishi lozim boʻladi.
“Biz AQSHni xalqaro axborot xavfsizligi boʻyicha professional muloqotni boshlashga chaqiramiz, bu muloqotni siyosiy qarashlarimizdagi ziddiyatning qurboniga aylantirmasligimiz lozim”, deyiladi prezident bayonotida.
O’zA