Joriy yilning 28-29-sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni munosabati bilan “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bagʻishlab axborot olish” mavzuida onlayn muhokama boʻlib oʻtadi.
Unda YUNESKO bosh direktori Odri Azule, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.
Tadbir Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmogʻi, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida oʻtkaziladi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini taʼkidlash muhim.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda roʻy bergan oʻzgarishlar eʼtirofidir.
OʻzA.