Qozogʻiston oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisidagi xalqaro bayonnomaga qoʻshildi

Qozogʻiston ishtirokchi-davlatlar oʻz yurisdiksiyalari doirasida oʻlim jazosini bekor qilishni koʻzda tutuvchi protokolga qoʻshildi.

Qozogʻiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, BMT bosh qarorgohida Qozogʻistonning BMTdagi doimiy vakili Gʻayrat Umarov Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning oʻlim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi fakultativ protokolini imzoladi.

Hujjat oʻlim jazosini bekor qilish va urush vaqtida harbiy jinoyatlar uchun uni qoʻllashni taqiqlaydi.

Qozogʻistonda 2003-yilda oʻlim jazosiga moratoriy joriy etilgan. Mamlakatda terrorizm va harbiy jinoyatlar uchun oʻlim jazosi saqlab qolingan.

Huquq himoyachilari bir necha bor hukumatga murojaat qilib oʻlim jazosini toʻlaligicha bekor qilishga chaqirgan edi.

2019-yil dekabrida prezident Qasim-Jomart Toqayev tashqi ishlar vazirligiga mazkur fakultativ protokolga qoʻshilish jarayonlarini boshlash yuzasidan topshiriq bergan edi.

 

OʻzA