Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini topshirish marosimi bo’ldi.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2020-yil 26-avgustdagi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni bilan global pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan, begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan barchaga oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimizni mazkur koʻkrak nishoni bilan mukofotlash belgilangan edi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchilari va xodimlari ham fidoyilik kӱsatdi. Ulardan 18 nafari koʻkrak nishonga munosib deb topildi.
–Belgilangan vazifalarni bajarishdagi xizmatimiz yuksak baholanib, koʻkrak nishoni bilan mukofotlanganimdan xursandman, – deydi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Aynura Jaqsiboyeva. – Bu tinchlik va osoyishtalikni saqlashdek sharafli vazifani sidqidildan bajarib kelayotgan jamoamizga berilgan mukofot deb hisoblayman.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, oddiy askar Sh.Xalmurzayev hamda Qoʻriqlash boshqarmasi safdor xodimi M.Mamutovlar oʻz xizmat vazifalarini oʻtash vaqtida ӱz joniga qasd qilayotgan fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Xizmat vazifasini bajarish vaqtida kӱrsatgan mardligi uchun ular Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan “Mardlik va jasorati uchun” medali bilan taqdirlandi.
Tadbirda koʻkrak nishonlari tantanadi ravishda topshirildi.
Marosim Milliy gvardiya harbiy xodimlarining kӱrgazmali chiqishlari va sanʼat ustalarining konsert dasturi bilan yakunlandi
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA