2020-yilning 14-oktyabr kuni “Kaspiy dengizi va Markaziy Osiyoning neftni qayta ishlash va neft-kimyo” VII xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi, deb maʼlum qildi AJ matbuot xizmati.
Oʻzbekneftgaz” AJ tashabbusi va bevosita ishtirokida tashkil etiladigan mazkur xalqaro anjuman mintaqadagi neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatida nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyati faoliyati va oʻz navbatida sohani rivojlantirish, ishlab chiqarish hamda qayta ishlashni takomillashtirish maqsadida koʻplab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatning oʻz oldiga qoʻygan ulkan vazifalardan biri – uglevodorodlarni yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarga samarali monetizatsiya qilish va Oʻzbekiston aholisi farovonligi va iqtisodiyotini rivojlantirishdan iboratdir.
Ayni maqsadlar sabab “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2019–2025-yillar davomida umumiy qiymati 30,7 milliard dollarlik 17 tadan ortiq loyihani amalga oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.
Ushbu konferensiyada sohani raqamlashtirish va avtomatlashtirish yoʻnalishlarida “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar faoliyatida yangicha yoʻnalish qoʻllanayotgani va ulardagi yutuq va tajribalar tahliliga alohida eʼtibor qaratiladi.
OʻzA