Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov ӯtkazuvchi 5 ta, shahar va tuman Kengashlariga saylov ӯtkazuvchi 9 ta saylov okrugida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi boʻlib oʻtmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining maʼlum qilishicha, saylovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Saylov tӯgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining COVID-19 pandemiyasi davrida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga amal qilgan holda ӯtkazilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Nukus shahri boʻyicha 4-sonli “Yernazar Alakoʻz”, Ellikqalʼa tumani boʻyicha 20-sonli “Sarabiy”, Beruniy tumani boʻyicha 25-sonli “Navbahor”, Qoʻngʻirot tumani boʻyicha 49-sonli “Qoʻngʻirot” va Qoraoʻzak tumani boʻyicha 63-sonli “Qorakoʻl” saylov okruglarida 5 ta partiyadan 25 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Saylov uchastkalarida sanitariya-epidemiologik va tibbiy xavfsizlik talablariga toʻla amal qilinmoqda.
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA