Oʻzbekistonda 8 oyda jami 52 202 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi.
Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foiz oʻsish surʼatiga ega boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyida 7301 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 82 taga koʻp.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-avgust oylarida 52 202 dona “Cobalt” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 144,9 %), 46 904 dona “Nexia T-250” (93,6 %), 35 150 dona “Lacetti-Gentra” (127,9 %), 35 322 dona “Damas” (110,2 %), 18 275 dona “Spark” (128,6 %) hamda 5 327 dona “Labo“ (105,7 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.
OʻzA