Bu haqda Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.
– Bugun ertalabki navbatda mamlakat miqyosida 40 hududdagi 65 obyektda test sinovlari soat 8:00 dan 11:00 gacha davom etdi, – dedi Sardor Rajabov. – Dastlab, 59 ming 250 abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 55 ming 767 nafari qatnashdi. 1 abituriyentning tana harorati 37 darajadan koʻtarilgani bois, dalolatnoma rasmiylashtirilib, tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Tezkor maʼlumotlarga koʻra, 3 ming 474 abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etmagan. 8 abituriyent tartib-qoidalarni buzgani uchun hududga kirish joyidayoq jarayondan chetlashtirilgan. Ulardan 4 nafari telefon, 1 nafari shpargalkadan foydalanmoqchi, 2 nafari boshqa shaxs oʻrniga kirmoqchi boʻlgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgan. Imtihonga kiritilgan 29 abituriyent esa belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmagani uchun chiqarib yuborilgan.
OʻzA