TEST-2020: guruh nazoratchilariga kunlik qancha pul toʻlanadi?

Test sinovlari jarayonlarida ishtirok etayotgan guruh nazoratchilari uchun umumiy hisobda ajratilayotgan toʻlovlar miqdori qancha?
AOKAda oʻtgan brifingda Davlat test markazi mutasaddilari maʼlum qilishicha, test sinovlariga 3 ming 700 dan ziyod guruh nazoratchisi jalb qilingan.
Ularga har kuni tushlik uchun oʻrtacha 30-35 ming soʻm ajratiladi. Shuningdek, Davlat komissiyasining tegishli dalolatnomasiga asosan kuniga 225 ming soʻm atrofida toʻlov belgilangan.

 

OʻzA