Qoraqalpogʻistonda abituriyentlar uchun qoʻshimcha 83 avtobus ajratildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 70 ming 482 abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Tumanlarda yashovchi abituriyentlarning Nukus shahriga yetib kelishi uchun qoʻshimcha 83 avtobus ajratildi. Bu avtobuslar 14-sentyabrga qadar uzluksiz qatnovni amalga oshiradi.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA