Abituriyent ruxsatnomasini qaysi sanadan boshlab olish mumkinligi maʼlum qilindi

Abituriyent varaqasini qachon olamiz? Imtihon qaysi kuni va qayerda boʻlishini qanday bilamiz? Ushbu savolga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berdi.
«Test sinovlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Abituriyentlar ruxsatnomani test sinovlari boshlanishidan 10 kun oldin olishlari mumkin boʻladi.
Test sinovlari qayerda, qachon boʻlishi kabi barcha maʼlumotlar abituriyent ruxsatnomasida aks etgan boʻladi», dedi Boboyev.

 

OʻzA