5-7-avgust kunlari TAF!Anti crisis Ikkinchi Toshkent reklama festivali boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Milliy marketing markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Milliy marketing markazidan olingan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilgi festival karantin tufayli YouTube ning MAKON ANTI CRISIS kanalida 20:00 dan 23:00 gacha onlayn tartibda boʻlib oʻtadi.
Festivalda jahondagi yetakchi brendlar bilan ishlaydigan va xalqaro festivallarda eng yuqori mukofotlarga sazovor boʻlgan Rossiya, Ukraina va Qozogʻistondan reklama sohasidagi 16 nafar ekspert ishtirok etadi.
Joriy yilda festival dasturiga TAF! ANTI CRISIS xalqaro tanlovi va Ikkinchi xalqaro reklama konferensiyasi ham kiritildi.
TAF! ANTI CRISIS tanlovi gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi 7-avgust kuni boʻlib oʻtadi. Reklama va marketing sohasidagi 8 nafar xorijiy va 4 nafar mahalliy vakillardan iborat hayʼat aʼzolari tanlov gʻoliblari va sovrindorlarini 24 ta nominatsiya va 4 ta daraja boʻyicha aniqlaydi.
Roman BONDARCHUK, OʻzA