Karantindan vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi roʻyxatni qayerdan olsak boʻladi? Ushbu savolga Sanitariya – epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.
«Bu kabi maʼlumotlarni aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash bilan shugʻullanadigan muassasalarga murojaat qilib, ushbu maʼlumotning nima maqsadda soʻralayotganligini asoslab bersangiz shunga qarab munosabat bildiriladi.
Aslida kasallikka chalinganlarning shaxsi bilan bogʻliq maʼlumotlarning barchasi tibbiyot siri hisoblanib, ushbu maʼlumotlarni olish vakolatiga ega boʻlgan tashkilot vakili boʻlsangiz, u holda bu kabi muassasalarga rasman murojaat qilishingiz mumkin», deydi Otabekov.
OʻzA