“Madad” ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qildi

Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qildi.
Tashkilotga ijrochi direktor oʻrinbosari; “Advice.uz” huquqiy axborot portali bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimga munosib nomzod tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: oliy yuridik maʼlumot (qoʻshimcha AKT sohasida maʼlumotga ega boʻlganlarga ustunlik beriladi); yuridik sohada 3 yildan kam boʻlmagan uzluksiz mehnat staji, shuningdek, axborot portali (veb-sayti)ni ishlab chiqish, yuritish va yangilash sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlish;davlat tili va rus tilini mukammal bilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi); “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalini muntazam ravishda yangilab borish hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash malakasi va tajribasiga ega boʻlish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha milliy va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish, takliflar va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash; ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Telegram va boshqalar) bilan ishlash tajribasi va amaliyotiga ega boʻlish (yangiliklar va blok postlar tayyorlash, turli materiallarni joylashtirish).
Ish haqi va ijtimoiy himoya: oylik ish haqi – 7 – 8 million soʻm; rasmiy bayramlar uchun mukofot pullari; bir martalik moddiy yordam puli; chet ellarga xizmat safarlari va amaliyotga borish imkoniyati.
Murojaat uchun: Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar qisqa muddatlarda oʻzlari haqidagi maʼlumotnomani (obyektivka, yaqin qarindoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumot) info@madadnnt.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.
Yuborilayotgan maʼlumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak.

 

OʻzA