Nima sababdan oxirgi paytlarda vafot etganlarning soni yozilmayapti. Avval oʻlganlarning umumiy soniga qoʻshib birdan aytilardi? Ushbu savolga Sanitariya – epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.
“Bugungi kunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holatlari, davolanayotganlar, tuzalganlar soni, karantinga olinganlar soni va kasallik oqibatida roʻy bergan oʻlim holatlarini umumiy hamda viloyatlar kesimida yashirilmay aniq maʼlumotlar asosida berib borilmoqda”, deydi Otabekov.
OʻzA