Maktab bitiruvchilarining 81 foizi OTMga hujjat topshirdi

Davlat test markazi bergan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga 366 556 nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirgan. Bu esa umumiy maktab bitiruvchilarning 81,3 foizini tashkil qiladi, oʻtgan yil ushbu koʻrsatkich 61 foizni tashkil qilgan edi.

Bunda oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan bitiruvchilar soni boʻyicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda, viloyatning 94% bitiruvchisi OTMga kirish istagini bildirgan va abituriyent boʻlgan. Keyingi oʻrinda 92% bilan Navoiy viloyati qayd etilgan, Jizzax viloyati 89,5% koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinda.

Bu yilgi bitiruvchilarning 83% kunduzgi oʻquv shaklini, 15% sirtqi va 2% kechki oʻquv shaklini tanlagan.

Bu yil Oʻzbekiston boʻyicha 91ta oliy taʼlim muassasacida oʻqish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019-yilda 1 million 66 ming 926). Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga koʻp.

 

OʻzA