Oʻzbekistonga Vengriya delegatsiyasining boʻlajak tashrifi toʻgʻrisida

15-17-iyul kunlari Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
Vengriya tomoni bilan Toshkent shahrida Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo, Energetika, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarida hamda boshqa idoralarda muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

 

OʻzA