Janubiy Afrika Respublikasida alkogolli ichimliklar savdosi taqiqlandi

Janubiy Afrika Respublikasida koronavirusga qarshi kurash boʻyicha yangi cheklovlar joriy etildi.
“BBC”ning xabar berishicha, butun mamlakat boʻylab alkogolli ichimliklar savdosi taqiqlandi. Bundan tashqari, bugun, dushanba kunidan boshlab mamlakatda kommendantlik soati joriy qilinib, koʻchalarda va jamoat joylarida niqob taqish majburiy sanaladi. Prezident Siril Ramaf imzolangan farmonga koʻra, favqulodda holat tartibi 15-avgustgacha amalda boʻladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Janubiy Afrika Respublikasida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 276 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 4 mingdan ortiq odam kasallik qurboni boʻlgan.

 

OʻzA