Bugun, 20-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri Kubatbek Boronov oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston hukumati rahbari oʻz hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining yangi surʼatlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chogʻida tomonlar yaqin kunlarda Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya yigʻilishini oʻtkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi martda uchrashuvi 2019-yil avgust oyida Bishkekda oʻtkazilgan.
Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Bosh vaziri tomonidan K.Boronov nomiga Qirgʻiziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati
OʻzА