TAYINLOV: Kamoliddin Oʻrinboyev Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori boʻldi

Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga Oʻrinbayev Kamoliddin Turdimuratovich nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

U 1985-yilda tugʻilgan, 2007-yilda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasini, 2009-yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014-yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi orkestr sozandasi (gʻijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan.

Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.

Faoliyati mobaynida Italiya, Fransiya, va Rossiya kabi davlatlarda oʻz sohasi boʻyicha tajriba orttirgan.

 

OʻzA