Unda Boʻzatov tumani Qusxona tepaligida joylashgan ossuariylarning bugungi achinarli holati tanqid ostiga olingan. Milliy qadriyatlarni, tarixiy, madaniy esdaliklarni asrab-avaylashni oʻz vazifalaridan biri deb hisoblaydigan partiya vakillari darhol ushbu tanqid ostiga olingan masalani oʻrganish choralarini koʻrdilar.Jumladan, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi, Joʻqorgʻi Kenges deputati Tajibay Romanov, Xalq deputatlari Boʻzatov tuman kengashidagi OʻzMTDP guruhi aʼzolari va hokimlik mutaxassislari bilan Boʻzatov tumani Qusxona tepaligidagi zardushtiylik madaniyatiga oid ming yildan ortiq tarixga ega ossuariylar va unga olib boruvchi yoʻllar, tepalikdagi boshqa tarixiy nomlarga ega oʻrinlar (“Devning uyasi”, “Tosh qirman”, “Suyin iyshan” madrasalari) har tomonlama oʻrganildi.
Ushbu ossuariyler togʻning tepa qismida joylashgan va avvallari qumning tagida boʻlgan. Yillar davomida yomgʻir, qor, shamol va shu kabi boshqa qator tabiiy sabablar tufayli ossuariyler qumning tepasiga chiqib qolgan. Togʻning tepasi azaldan ushbu hudud aholisining yaylovi hisoblanar ekan. Chunki oddiy aholi qum tagida nima bor ekanligini aslida yaxshi tushunmaydi.
Oʻrganish davomida partiya vakillari tomonidan Qusxona tepaligi atrofidagi “Koʻk suv” OFY da yashovchi mahalliy aholiga mazkur tarixiy oʻrinlarning ahamiyati, kelib chiqishi, ularni kelgusi avlodga meros etib qoldirish maqsadida sof holida saqlash, kelajakda turizm hududiga aylantirish kerakligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimligida hokim oʻrinbosarlari, partiyadan saylangan deputatlar va tegishli mutaxassislar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda tuman hududidan topilgan eski davrlarga tegishli boʻlgan ossuariylarni asrab-avaylash, ularni saqlab qolish uchun ushbu hududni muhofaza qilish, buning uchun tumanda muzey tashkil qilish boʻyicha fikr va takliflar bildirildi. Partiya vakillari tuman hokimligiga ushbu masalada amaliy yordam berish hamda tegishli soha mutaxassislari bilan ish olib borishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.