Oʻsmirlar terma jamoamizning 15-iyunga qadar belgilangan yigʻiniga bosh murabbiy Olimjon Shokirov quyidagi nomzodlarni jalb etdi:
Darvozabonlar:
Asror Kenjayev “Spartak” (Toshkent)
Beknur Parmonov “Nasaf”
Husan Mahmudov “Paxtakor”
Himoyachilar:
Vazgen Pogosyan “Paxtakor”
Asen Vaniyev “Paxtakor”
Mirkomil Abdurazzoqov “Paxtakor”
Kiril Todorov “Paxtakor”
Maqsud Alloxoʻjayev “Oqtepa”
Sunnat Poyonov “Paxtakor”
Aleksandr Zevatdinov “Bunyodkor”
Tohir Toʻxtasinov “Bunyodkor”
Yarim himoyachilar:
Abduqodir Husanov “Bunyodkor”
Asad Qahhorjonov “Bunyodkor”
Nodir Abdurazzoqov CHKOR (Chirchiq)
Diyor Inomov “Spartak” (Toshkent)
Muhriddin Pazildinov “Paxtakor”
Muhammadali Usmonov “Paxtakor”
Alisher Hayrullayev “Nasaf”
Rian Islomov “Paxtakor”
Asad Beglarxonov “Paxtakor”
Muhammadali Oʻrinboyev “Paxtakor”
Poʻlat Jumaxonov “Paxtakor”
Hujumchilar:
Sardor Xojiboyev “Paxtakor”
Shahzod Akromov “Nasaf”
Rustam Turdimurodov “Paxtakor”
Shu paytga qadar Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassislar – Sergey Arslanov (katta murabbiy), Timur Gʻaniyev (darvozabonlar murabbiyi) hamda Jamshid Umarov (jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy) Olim Shokirovga yordam berishadi. Shuningdek, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida tajribali mutaxassislar – Islom Ahmedov va Dilshod Nuraliyev maslahatchi murabbiy sifatida oʻz tavsiyalarini berib borishadi.
U-16 Osiyo chempionati qurʼa tashlash marosimi 18-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi qurʼa tashlash jarayonida Xitoy, Qatar va BAA vakillari bilan bir savatdan joy oladi. Boshqa guruhlardagi vaziyat esa quyidagicha:
1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya
2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, Ummon
3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Xitoy, Oʻzbekiston, Qatar, BAA
Xabaringiz bor, ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan jamoalar 2021-yil Peruda tashkil etiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.