“Oʻzbekiston kinoarboblari” ijodiy uyushmasi muammolari

“Oʻzbekiston kinoarboblari” ijodiy uyushmasi “Kinochilar uyi” binosida faoliyat yuritib kelgan. 2017-yil uyushma “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi binosiga koʻchib oʻtdi. Bugunga kelib esa kinoarboblar uyushmasi yangi joydan ham haydalganini aytmoqda.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Oʻzbekkino” milliy agentligi, “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi rahbariyati va oʻz oʻrnida “Oʻzbekiston kinoarboblari” ijodiy uyushmasi vakillariga murojaat qildi.

Mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikrlar Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi nuqtayi nazarini bildirmaydi. Agentlik mazkur ish boʻyicha fikr bildiruvchi taraflar uchun ochiq.

 

OʻzA