Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy telegram kanali maʼlum qilmoqda.
Unga koʻra, kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda:
test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;
alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha oʻtkaziladi.
Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:
bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
abituriyentning oliy taʼlim muassasasiga bir marta kelib ketishini taʼminlash inobatga olinadi.

 

OʻzA