Respublikamiz bozorlaridagi narx-navolar oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.
1-iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.

Tibbiy niqob, Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.

Antiseptik gel; Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming soʻmgacha.

Mahalliy un birinchi navi; Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Qolipli non; Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.

Makaron; Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 10 ming soʻm.

Shakar; Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.

Oʻsimlik yogʻi; Toshkent shahrida 7500 soʻmdan 15300 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni; Fargʻonada 1000 soʻm, Toshkent shahrida 4 ming soʻm.

Tuxum; Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.

Mol goʻshti; Qoraqalpogʻiston respublikasida 37 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.

Qoʻy goʻshti oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming soʻmgacha.

Tovuq goʻshti; Namangan viloyatida 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 30 ming soʻm.

Guruch: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming soʻmdan.

Kartoshka; Surxondaryo viloyatida 1000 soʻm, Toshkent viloyatida 6500 soʻm.

Piyoz; Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming soʻm.

Sabzi; Surxondaryoda 500 soʻm, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 soʻmgacha.

Sarimsoq piyoz; Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Fargʻonada 9 ming soʻm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
axborot xizmati

 

OʻzA