Qoraqalpogʻistonda taksilarga yoʻlovchi tashishga ruxsat berildi

Nukus shahri va barcha “yashil” kategoriyadagi tuman hududlarida yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchi tashishga ruxsat berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabariga koʻra, yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchi tashish uchun avtomobil salonida boshqaruvchi oʻrindigʻi bilan yoʻlovchilar oʻrindigʻi oʻrtasida plastik yoki plyonka bilan toʻsiq oʻrnatilgan boʻlishi, avtomobil boshqaruvchisi bilan yoʻlovchining tibbiy niqobda boʻlishi, yoʻlovchilarning soni ikki kishidan ortmasligi va ularning avtomobil salonining orqa oʻrindigʻida joylashishi hamda yoʻnalishsiz taksi boshqaruvchisining oʻz hududida harakatlanishi belgilangan.

 

E.Qanoatov, OʻzA