Nukus shahri “sariq” hududga oʻtkazilganligi bois Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika maxsus komissiyasi yigʻilishining 2020-yil 14-maydagi 23-sonli bayoniga asos Nukus shahrida 1-iyundan eʼtiboran soat 06.00 dan – 22.00 ga qadar vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berildi.
Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining majlis bayoni qabul qilindi.
Avtotransport vositalari salonidagi fuqarolarning soni avtotransport boshqaruvchisi bilan birga 4 nafardan oshmasligi qatʼiy belgilangan.
Shuningdek, barcha hududlarda ularning kategoriyasiga qaramasdan amaldagi belgilab qoʻyilgan talablar saqlanib qoladi.
Eslatib oʻtamiz, hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Taxtakoʻpir va Qoʻngʻirot tumanlari qizil, Nukus shahri sariq, boshqa tumanlar yashil hudud sifatida belgalangan.