Armanistonlik mulozim tergovdan yashirinyaptimi?

Armaniston futbol federatsiyasining sobiq rahbari Ruben Ayrapetyanga nisbatan mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan qidiruv eʼlon qilindi. Tergovchilar uni hibsga olishni talab etishmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Ayrapetyan joriy yil mart oyidan buyon Vatanida emas, chet elda davolanyapti.
Sobiq amaldor oʻtgan yilning dekabr oyida sport maktablarini taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirganlikda gumonlangan.
21-may kuni Armaniston Tergov qoʻmitasi Ruben Ayrapetyanga qarshi ish qoʻzgʻatilganini eʼlon qildi. U oʻz oʻgʻli bilan birga tashkilotni oʻzboshimchalik bilan boshqarishda, shuningdek inson erkini noqonuniy cheklashda ayblanyapti.

 

OʻzA