Nargiza Erkinova, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bosh inspektori:
– Ijara shartnomasini internet orqali masofadan turib rasmiylashtirish mumkin. Buning uchun ijaraga beruvchining elektron raqamli imzosi orqali my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi. “Ijara shartnomasini hisobga qoʻyish” xizmatini tanlab, undan ijara shartnomasining namunaviy shakli qogʻozga chop etiladi.
Shartnomaning tegishli bandlari toʻldirilib, ijaraga beruvchi va oluvchi shaxslar oʻrtasida imzolanadi. Xizmat turidagi soʻrovnomada “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi va koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS tarzda kelgan kodni kiritib, tegishli bandlar toʻldiriladi. Soʻng imzolangan ijara shartnomasi nusxasini biriktirgan holda “Joʻnatish” tugmasi bosiladi. Shunda ekranda ijara shartnomasi hisobga qoʻyilgani haqidagi bildirishnoma koʻrinadi.
OʻzA