“Give me Sport” nashri Yevropa Chempionlar ligasida 23 yoshgacha eng koʻp gol urgan toʻpurarlar reytingini eʼlon qildi.
Ushbu roʻyxatda Yevropaning eng nufuzli musobaqasida 25 gol urgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi oʻrinda “Real” hujumchisi Raul qayd etilgan. Ispaniyalik futbolchi hisobida 22 gol bor.
Eng yuqori pogʻonada turgan bu ikki toʻpurarni taʼqib qilayotgan Kilian Mbappe hozirgacha raqiblar darvozasini 19 marotaba ishgʻol qilgan. Aynan Kilian Messi rekordini yangilashi mumkin. U hozir 21 yoshda va ikki yil ichida Chempionlar ligasida yana 6-7 gol urish imkoniyati yuqori.
Shuningdek, kuchli oʻnlikka qisqa muddatda “Borussiya” vakili Erling Xoland ham qoʻshildi. 19 yoshli futbolchi hisobida 10 gol bor. Agar shu tariqa koʻp gol urishda davom etsa, u ham Mbappe qatori Messi rekordini yangilashi mumkin.
Reytingga kiritilgan qolgan oʻyinchilarning birortasida Messining rekordini yangilash imkoniyati yoʻq. Messining doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu esa kuchli oʻnlikka ham kirolmagan.
OʻzA