Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida peshqadamga aylandi

Ikki legioner futbolchimiz – Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov Belarus chempionati 10-turida “Energetik-BGU” safida maydonga asosiy tarkibda tushdi.
“Isloch” klubiga qarshi oʻtgan oʻyinning 13-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev 11 metrlik masofadan belgilangan jarimani aniq amalga oshirdi. Shu bilan hamyurtimiz chempionatdagi gollari sonini 7 taga yetkazib, toʻpurarlar bahsida yakka peshqadamga aylandi.
Safarda oʻyin oʻtkazishiga qaramasdan “Energetik-BGU” jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Afsuski, tajribali futbolchimiz oʻyinning 59-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi va 31-may kuni chempionat doirasida ”Vitebsk” klubiga qarshi oʻtadigan bahsda maydonga tushmaydigan boʻldi.

 

OʻzA