Xitoy elchixonasidan insonparvarlik yordami

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Chjan Venchuan boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga gumanitar yordam olib keldi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

photo_2020-05-11_19-47-55.jpg

photo_2020-05-11_19-47-59.jpg

Har bir xalq millati, eʼtiqodi, irqi, tilidan qatʼiy nazar boshiga tashvish tushganda bir-biriga yordamga shoshiladi, bir-biriga koʻmak qoʻlini choʻzadi va bu millatlararo doʻstona munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasining “Saxovat koʻmagi” yuklangan insonparvarlik yordamini viloyat hokimining oʻrinbosari D.Madrimov va viloyat prokurori R.Masharipov kutib oldi.

photo_2020-05-11_19-47-50.jpg

photo_2020-05-11_19-47-44.jpg

Xitoy elchixonasining hamkorlari “AILE WEI FOOD” korxonasi Xan Jiangxong va Alena Pak tomonidan 2 tonna un, 2 tonna guruch, 1 tonna pista yogʻi keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari “Sardoba” suv omboridagi oʻpirilish oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan aziyat chekkan fuqarolarga tarqatiladi.

 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), OʻzA