Qoraqalpogʻiston Adliya vaziri tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi bilan Mambetkadыrov Saylaubay Amanbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

S. Mambetkadыrov 1980-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2002-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini (sirtqi), 2004-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini magistratura boʻlimini (kunduzgi), 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2001-yilda Moʻynoq tuman markaziy kasalxonasining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlab, 2004-2008-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

S. Mambetkadыrov 2018-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Saylaubay Amanbayevichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

 

UzA