Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosi rekonstruksiya qilinadi

Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosi 1980-yilda qurilgan.
Bu yerda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, qizlar bichish-tikish markazi, bolalar raqs toʻgaraklari faoliyat koʻrsatadi. 1200 oʻrinli konsert zali mavjud. Lekin imkoniyatlardan toʻla foydalanilmayotgan edi. Shu kungacha binoda kapital taʼmirlash ishlari olib borilmagan.
Prezidentimiz Yashnobod tumaniga tashrifi doirasida Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga ham bordi.
photo_2020-02-28_16-08-02.jpg
Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida koʻngilochar maskan tashkil etish zarurligini taʼkidladi.
Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari tashkil etiladi.
Davlatimiz rahbari shu yerdagi Aviasozlar sport majmuasini ham kirib koʻrdi. Uning hududini obodonlashtirish, sportsevarlarga qulayliklarni oshirish boʻyicha koʻrsatma berildi.
photo_2020-02-28_16-07-59.jpg
photo_2020-02-28_16-07-56.jpg
photo_2020-02-28_16-07-58.jpg

Z.JONIBEKOV, OʻzA