Mo‘ynoqda Samarqand davlat universiteti shtabi va kutubxonasi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Samarqand davlat universiteti o‘quv xonasi va kutubxonasi tashkil etildi.
Maktabga universitet tomonidan zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 150 dan ortiq kitoblar, talabalar tomonidan ishlangan amaliy va tasviriy san’at namunalari, universitet hayoti bilan tanishtiruvchi risolalar, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Universitetdagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda bir guruh faol talabalar Orol dengizining qurigan hududida o‘rmon barpo etish jarayonlarida ham qatnashdi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA