Qoraqalpogʻistonlik fuqaro 4 yil chiroqsiz yashadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumani “Vodnik” posyolka fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi B.Yeshniyazovning xonadonida 4 yildan buyon elektr energiyasi boʻlmagan.

OʻzLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu muammoni partiyaning deputatlik guruhi aʼzosi Svetlana Mamutova aholi bilan uchrashish paytida hal qilgan.

– 65 yoshdagi fuqaro B.Yeshniyazov bir bolasi bilan toʻrt yildan buyon chiroqsiz yashab kelgan, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Aholi bilan uchrashuvda deputat 5 ming 866 aholi yashaydigan mahallada koʻchalarni yorituvchi chiroqlarning ham bir necha yillardan buyon yoʻq ekanligiga amin boʻladi va uning bevosita ishtiroki bilan qisqa vaqt ichida koʻchadagi 32 simyogʻochlarga chiroqlar oʻrnatiladi.

 

OʻzA