Prezident administratsiyasining 2020-yil 13-fevraldagi farmoyishiga asosan Prezidentning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga Salauatdin Xudaybergenov tayinlandi.
Bunga qadar Salauatdin Xudaybergenov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Atajanov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib turibdi.
Maʼlumot uchun Salauatdin Xudaybergenovga qadar Prezidentning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari lavozimida Xakimbay Ashirovich Xalimov ishlab kelayotgan edi. U oʻz arizasiga koʻra 2019-yilning avgust oyida Xalq qabulxonasi rahbariligidan ketgan.
Y.QANOATOV, OʻzA