Ispaniyalik kinoijodkorlar Orol dengizi haqida film suratga olmoqda

Ispaniyalik aktrisa va rejissyor Nerea Barros hamda uning ijodiy jamoasi Orol dengizi va suv qadri toʻgʻrisida qisqa metrajli hujjatli filmni tasvirga olmoqda.

New Muynak city telegram kanalining xabar berishicha, Nerea Barros filmlari orasida “Male Faith”, “El Principe District”, “Threads of Fate” va boshqa filmlari mashhurlikka erishgan.

“Xotiralar” deb nomlangan ushbu filmda bosh qahramon qari baliqchi boʻlib, u kichkina nabirasiga hozirgi keng sahroliklar oʻrnida bir paytlari Orol deb nomlanuvchi dengiz boʻlganligini va shu vaqtlardagi voqealarni qalbidagi tuygʻulari bilan tasvirlab beradi.

Filmning syujetida qahramonning Orol dengizi suvlari avvalgi qirgʻoqlariga qaytishiga ishonchi va umidini his qilish mumkin.
photo5336791685176339391.jpg

Y.Qanoatov, OʻzAIspaniyalik kinoijodkorlar Orol dengizi haqida film suratga olmoqda

Ispaniyalik aktrisa va rejissyor Nerea Barros hamda uning ijodiy jamoasi Orol dengizi va suv qadri toʻgʻrisida qisqa metrajli hujjatli filmni tasvirga olmoqda.

New Muynak city telegram kanalining xabar berishicha, Nerea Barros filmlari orasida “Male Faith”, “El Principe District”, “Threads of Fate” va boshqa filmlari mashhurlikka erishgan.

“Xotiralar” deb nomlangan ushbu filmda bosh qahramon qari baliqchi boʻlib, u kichkina nabirasiga hozirgi keng sahroliklar oʻrnida bir paytlari Orol deb nomlanuvchi dengiz boʻlganligini va shu vaqtlardagi voqealarni qalbidagi tuygʻulari bilan tasvirlab beradi.

Filmning syujetida qahramonning Orol dengizi suvlari avvalgi qirgʻoqlariga qaytishiga ishonchi va umidini his qilish mumkin.

 

Y.Qanoatov, OʻzA