Parijda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a“ turkumiga kiruvchi musobaqada dunyoning 120 ga yaqin mamlakatidan kelgan 700 nafarga yaqin polvon 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.
81 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Sharofiddin Boltaboev finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Sharofiddin “Katta dubulg‘a“ turnirlaridagi ilk medal hamda Tokio Olimpiadasi sari 700 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 73 kg. vazn toifasida ishtirok etgan yana bir polvonimiz Hikmatilloh To‘raev medal uchun o‘tgan bellashuvda turkiyalik Bilol Chilog‘luni 10 soniyada mag‘lubiyatga uchratdi va Olimpiya o‘yinlarining 500 reyting ochkosini o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
O‘zbekiston terma jamoasi Parij “Katta dubulg‘a“ turkumiga kiruvchi musobaqani 1 tadan kumush va bronza medalini jamg‘argan holda yakunladi.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA