Qoʻngʻirot tumaniga hokim tayinlandi

Xalmuratov Qallibek Joldasbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Q.Xalmuratov oʻtgan yillar davomida Qoraoʻzak tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha sekretariati boshligʻi vazifasini bajaruvchi, Kegeyli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha 1-oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari masalalari bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, davlat Soliq boshqarmasining boshligʻi va boshqa masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan
Qoʻngʻirot tumanini shu kungacha Berdaq Saparov boshqarib kelayotgan edi.

 

OʻzA